Bishkekda 1,5 tonnalik beshbarmoq tayyorlash uchun 9 bosh ot so‘yildi

Bir yarim tonnalik beshbarmoq va 117 metrlik chuchuk Ginnes rekordlari kitobiga kirishi mumkin.
Sputnik

Tashkilotchilar ulkan taomni Bishkekning markaziy maydonida tayyorlamoqchi bo‘lishdi. Biroq hokimiyat vakillari tomonidan yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish va sanitariya qoidalari buzilmasligi uchun markaziy maydonda bu tadbirni amalga oshirishga ruxsat berilmadi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Shu bois Beshbarmoq "Ayu grand" savdo markazi hududida tayyorlandi.

Ulkan taom tayyorlash uchun 9 bosh ot go‘shti kerak bo‘ldi. Oshpazlar go‘shtni bir kun avval Ginnes rekordlari kitobi vakillari kuzatuvi ostida pishirishni boshlashdi.

Beshbarmoq 650 kg mayda to‘ralgan go‘sht va 700 kg xamirdan tayyorlandi. Taom tayyorlashda 40 ta oshpaz va 30 ta yordamchilar mehnat qildi.

Tayyor taomning vazni 1 464 kiloni tashkil qildi. Beshbarmoq mehmonlar va muhtojlarga tarqatildi.