Tramp Tillerson nega bo‘shatilganiga izoh berdi

O‘n uchinchi martning eng shov-shuvli xabari - bu AQSh prezidenti Donald Tramp Davlat kotibi Reks Tillersonni ishdan bo‘shatgani bo‘ldi
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp davlat kotibi Reks Tillersonning iste’fosini fikrlar va qarashlardagi tafovut bilan izohladi. Tramp shuningdek ancha vaqtdan buyon Tillerson bilan uning ishdan bo‘shatilishini muhokama qilib kelganligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Tramp Tillersonni ishdan bo‘shatdi
"Biz u bilan bu haqda uzoq vaqt gaplashganmiz, biz yaxshi kelishamiz, lekin fikrlarimizda tafovut bor edi", — degan Tramp prezident pulidagi jurnalistlarga.

Tillerson bilan fikrlari turlichaligi haqida gapirar ekan, Tramp Eron bilan kelishuvni misol tariqasida keltirib o‘tgan.

"Men uni dahshatli deb hisoblayman, u esa normal deydi,… biz bir xil o‘ylamaganmiz, Mayk Pompeo bilan esa bir xil fikrlaymiz", — degan Amerika prezidenti.

Tillerson haqida to‘xtalar ekan, Tramp uni yaxshi odamligini aytib, "xizmatini juda qadrlashini" qo‘shimcha qilgan.

"Biz har xil fikrlaymiz,…men uning aqlini hurmat qilaman, biz yaxshi munosabatdamiz, lekin siz buni kimyo deb atashingiz mumkin, shunchaki ba’zida odamlar yaxshi kelishishadi, Mayk Pompeo bilan birinchi daqiqadayoq kelishganman", — degan Tramp.

Tramp seshanba kuni ertalab Reks Tillersonning ishdan bo‘shatilishi haqida e’lon qildi. Tillersonning o‘rnini shu vaqtgacha Markaziy razvedka boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Mayk Pompeo egalladi.

Aytish joizki, Reks Tillersonning ishdan bo‘shatilishi 13-mart sanasining eng shov-shuvli xabarlaridan biri bo‘ldi. Ayni vaqtda dunyo OAVlarida AQShning endigi tashqi siyosati Rossiyaga nisbatan qay darajada o‘zgarishi bo‘yicha turli ekspertlar fikrlari e’lon qilinmoqda.