Rossiya prezidentligiga nomzod migrantlardan pul yig‘ishni bas qilish kerakligini aytdi

Nomzod Rossiyaga ishlash uchun kelayotganlarga nisbatan halol munosabatni ta’minlash zarurligini aytdi: uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlardan "qullardek foydalanilayotganligi" uchun kimdir javob berishi kerak
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya prezidentligiga nomzod Sergey Baburin migrantlardan ishlashga ruxsatnoma olish uchun pul olishni to‘xtatishga chaqirdi.

Debatlarning navbatdagi raundi davomida nomzoddan noqonuniy migrantlar mehnatidan foydalangan ish beruvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlikni joriy etish masalasidagi fikrini so‘rashdi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Nomzod Rossiyaga ishlash uchun kelayotganlarga nisbatan halol munosabatni ta’minlash zarurligini aytdi: uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlardan "qullardek foydalanilayotganligi" uchun kimdir javob berishi kerak.

"Albatta, bu yerda birinchi navbatda ish beruvchi va amaldorlar javobgar bo‘lishi kerak. Ammo biz Federal migratsiya xizmatidagi yig‘imlarni bas qilishimiz kerak", — dedi Baburin.

Avvalroq Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Olga Golodes Rossiya mehnat bozoridagi migrantlar soni iqtisodiyot ehtiyojlarini hisobga olgan holda qisqarib borishi kerakligini aytgandi.