TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki joriy yil 13-martidan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 23,40 so‘mga tushdi va 8 140,06 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 28,84 so‘mga pasayib, 10 030,18 so‘mga yetdi.
Rossiya rubli esa 20 tiyinga arzonlashib, 143,37 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ushbu valyutalarni bu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.