Rossiya gipertovush tezligida uchadigan raketani sinovdan o‘tkazdi

Janubiy harbiy okrugda MiG-31 qiruvchi samolyotidan uchirilgan “Xanjar” gipertovush reketasi nishonga muvaffaqiyatli zarba berdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiyaning nishonga aniq zarba beruvchi yangi quroli — “Xanjar” gipertovush reketasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

“Rossiya Havo-kosmik kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti ekipaji belgilangan hududda gipertovush “Xanjar” gipertovush reketasining harbiy-o‘quv uchirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirdi”, — deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, MiG-31 qiruvchi samolyoti Janubiy harbiy okrugdagi aerodromlardan biridan uchib chiqqan, gipertovush raketa uchirish jarayoni belgilangan tartibda o‘tgan va u harbiy poligondagi nishonga muvaffaqiyatli zarba bergan. Raketa uchirish jarayonida uning taktik-texnik xususiyatlari tasdiqlangan. “Xanjar” topshiriqni belgilangan vaqt ichida bajargan.

Eslatib o‘tamiz, “Xanjar” gipertovush tezligida uchadigan va nishonga aniq zarba beradigan raketa majmuasi haqida, 1-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin xabar bergan edi. O‘shanda kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan videolavha namoyish etilgan edi. Ayni damda esa, “Xanjar” Janubiy okrugda jangovar navbatchilikka qo‘yilgani tasdiqlandi.

“Xanjar” raketa majmuasi 2000 km masofadagi nishonlarga zarba berishi mumkin. Raketa gipertovush tezligida, ya’ni tovush tezligidan 10 baravar tez uchadi va pavoz davomida manyovr qilib boradi. Ushbu xususiyatlar raketani bugungi kunda ma’lum bo‘lgan har qanday mudofaa tizimini yengib o‘tishini kafolatlaydi.

MiG-31 VKS provel uchebniy pusk giperzvukovoy raketi "Kinjal"