Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyadagi turnir g‘olibasi bo‘ldi

O‘zbekistonning eng kuchli ayol shaxmatchisi sifatida Gulruhbegim Tohirjonova qayd etilgan. Uning hisobida 2329 ochko bor
Sputnik

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyada o‘tgan First Friday Masters March 2018 turniriada bosh mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.

Aylana tizimda o‘tgan turnirda Malayziya, Myanma, Filippin, Hindiston va Vyetnam davlatlaridan ham ishtirokchilar dona surishdi. Tohirjonova musobaqa davomida mag‘lubiyatga uchramadi.

Gulruhbegim 9ta turda 4ta g‘alaba va 5ta durang natija qayd etib, 6,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra musobaqa g‘olibasiga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning eng kuchli ayol shaxmatchisi sifatida Gulruhbegim Tohirjonova qayd etilgan. Uning hisobida 2329 ochko bor.