O‘zbekiston va Tojikiston 140 million dollarlik shartnomalar imzolaydi

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘ladigan davlat tashrifi davomida umumiy qiymati 140 million dollardan ortiq bo‘lgan 27ta shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 mar – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘ladigan davlat tashrifi davomida umumiy qiymati 140 million dollardan ortiq bo‘lgan 27ta shartnoma imzolanishi kutimoqda, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tashrif davomida shartnomalar soni oshishi mumkin.

“O‘zingiz bilasizki, prezidentimiz konstruktiv ishlaydi va ko‘p masalalarni joyida hal qiladi. Shu sababli tashrif davomida shartnomalar soni oshishi mumkin”, — deyilgan xabarda.

Tojikiston tashrifidan katta natijalar kutilmoqda. Ular orasida eng muhimi, ikki davlat rahbarlarining o‘zbek-tojik davlat chegarasining alohida bo‘laklari bo‘yicha umumiy bayonoti va ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro tashriflari haqidagi shartnomalardir.  

Undan tashqari Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan biznes-forum va O‘zbekiston sanoati ko‘rgazmasida umumiy qiymati 140 million dollar bo‘lgan tijorat shartnomalari imzolanishi ham kutilmoqda.