Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bir guruh ayollar mukofotlandi

Ular "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi", "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvonlari, "Fidokorona xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati", II darajali "Sog‘lom avlod uchun", "Do‘stlik" ordenlari va "Shuhrat" medali bilan mukofotlandilar
Sputnik

TOShKENT, 7-mart – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bir guruh ayollar mukofotlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti ayollar to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi

"Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning ko‘p asrlik boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlansin", — deyiladi hujjatda.

Farmonga ko‘ra ular "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi", "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvonlari, "Fidokorona xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati", II darajali "Sog‘lom avlod uchun", "Do‘stlik" ordenlari va "Shuhrat" medali bilan mukofotlandilar.