O‘zbekistonda 7-yilga qamalgan tojikistonlik cho‘pon amnistiya qilindi

2013 yilda davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun ozodlikdan mahrum qilingan Sulaymon Bo‘riyev Navro‘z bayramida uyida bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilingan Panjikent tumanilik Sulaymon Bo‘riyev ozodlikka chiqarildi.

Tojik telegraf agentligining xabar berishicha, u uyidagilarga Navro‘z bayramida uyida bo‘lishini aytgan.

Mirziyoyevning Tojikistonga safari qiziqarli kechadi - ekspert

Bo‘riyev 2013-yilda davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun 17-yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Keyinroq sud bu muddatni yetti yil etib belgilagan.

Qarindoshlarining aytishlaricha, u yana uch yil jazo muddatini o‘tashi kerak bo‘lgan, lekin O‘zbekiston hukumati uni Navro‘z bayrami arafasida ozod qilishga qaror qilgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat sohasida birinchi navbatda mintaqadagi qo‘shnilar, xususan Tojikiston bilan munosabatlarni yaxshilashga kirishdi. Tomonlar chegara va suv-enegetika masalalarida muloqotlarni tikladi, ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bir necha kundan keyin Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonda birinchi rasmiy tashrifi boshlanadi.