Yuzdan ortiq o‘zbek san’atkorlari Dushanbega yetib borishdi

San’atkorlar prezidentlar qarshisida chiqish qiladilar
Sputnik

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" charter reysi orqali 6-mart kuni 100 dan ortiq o‘zbek qo‘shiqchilari, raqqoslari va musifachilari Dushanbega yetib kelishdi.

Mirziyoyevning Tojikistonga safari qiziqarli kechadi - ekspert
Ular 9-mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Do‘stlik oqshomi" konsertida chiqish qilishadi. Tojikiston tomondan 150ga yaqin qo‘shiqchi, musiqachi va raqqoslar chiqishi rejalashtirilgan.

Ikki davlat rahbarlaridan tashqari bayramona tadbir tomoshabinlari qatoridan O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari, Tojikiston hukumat va parlament a’zolari, jamoatchilik vakillari ham o‘rin oladi.

O‘zbek artistlari guruhida Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev, Farux Zakirov, Ozodbek Nazarbekovlar bor. Tojikiston tomondan konsertda Davlatmand Xolov, Nigina Amonkulova va opera qo‘shiqchisi Rustam Duloyevlar ishtiroki nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon taklifi bilan 9-10 mart kunlari Dushanbeda rasmiy tashrif bilan bo‘lishi rejalashtirilgan.