Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshlaydi

Ushbu yil Tojikiston O‘zbekistonga 1,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilishni rejalashtirgan
Sputnik

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Tojikiston energetiklari yoz mavsumida elektr energiyasi eksporti evaziga Nurek GESidan bekorga oqizib yuborilayotgan suv hajmini qisqartirishadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Ushbu yilda qo‘shni mamlakatlarga, jumaladan Afg‘onistonga, elektr energiyasi eksportini oshirish munosabati bilan suv omborlaridan bekorga oqizib yuborilayotgan suv hajmi kamaytiriladi. Tojikiston GESlaridan bekorga oqizib yuborilayotgan suv hajmi 6 milliard kVt/soat elektr energiyasiga teng”, — deyilgan Respublika Energetika va suv resurslari vazirligi xabarida.

Ushbu yilda Nurek suv omboridan bekorga oqizib yuborilayotgan suv miqdori kamaytiriladi. Yoz mavsumida Vaxsh darosida suv oqish hajmi sekundiga 2000 metr/kubni tashkil qiladi. Shundan faqat 700 metr/kubidan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ushbu suvning yana bir kichik qismi suv omoborini to‘ldirishga ishlatiladi.

Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr eksport qilishni to‘xtatdi

Matbuot kotibi aytishiga qaraganda ushbu yildan boshlab Tojikiston elektr energiyasining O‘zbekistonga eksporti boshlanadi. Ushbu jarayon 9-10 martda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari va kerakli hujjatlar imzolanganidan keyin boshlanishi kutilmoqda.

Biroz oldin "Barki Tochik" energoxoldingi oldin O‘zbekiston 1,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksporti haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek, o‘tgan yili Tojikiston Afg‘onistonga 52,3 million dollar evaziga 1,3 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan edi. Bu yil ushbu ko‘rsatgichni 1,5 mlrd. kVt/soatga yetkazish rejalashtirilgan.