TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda Afg‘onistonga bag‘ishlangan anjumanda ishirok etadi, deb xabar qildi RIA Novosti TIV Ikkinchi departamenti rahbari Zamir Qobulovga asosan.
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan Toshkent anjumani 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Toshkent anjumanidan ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh va tashkilotning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, YeIning xorijiy ishlar, siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va BAA tashqi ishlar vazirlari taklif qilingan.
Anjumanda shuningdek, O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari nutq so‘zlashi kutilmoqda.