TOShKENT, 5 mar — Sputnik.Markaziy bank 6-martdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 8,18 so‘mga tushdi va 8 163,46 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 1,90 so‘mga pasayib, 10 059,02 so‘mga yetgan.
Rossiya rubli esa 2,32 so‘mga arzonlashdi va 143,57 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.