O‘zbekiston hukumati 20-yil deganda mamlakatdagi kasb-hunar tizimini modernizatsiya qilishga qaror qilgan edi.
Ilgariroq kasb-hunar ta’limi markazi rahbari M.Xolmuxammedov Sputnik muxbiri bilan suhbatda endilikda kollejlarda o‘quvchilar vatanparvarlik ruhida va professional kasb egalari qilib tarbiyalanishini ma’lum qilgan edi.
Bu jarayon ayni vaqtda hayotga tatbiq etildi.
"Endi o‘quvchilar ertalabki saboqni vatanni madh etishdan boshlashayapti", dedi Sputnik nashriga kasb-hunar ta’limi markazi vakili.
Videoda Navoiydagi arxitektura va qurilish kolleji o‘quvchilari ertalabki darslarni boshlashdan oldin o‘z vatanini madh etishlari aks etgan.