TOShKENT, 4 mar – Sputnik. Rossiyaning Orenburg viloyati Akubulak tumanida davlat chegarasidan 44 tonna nosvoyni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ustidan sud hukmi o‘qildi, deb xabar qilmoqda Rossiya prokuraturasi matbuot xizmati.
Sudda xabar berilishiga ko‘ra, 2016-yilning iyul oyida O‘zbekiston fuqarosi bir necha kishilar bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hududiga Qozog‘iston orqali 44 tonnadan ortiq nosvoy olib kirish vaqti qo‘lga olingan.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ushbu turdagi mahsulotni, inson sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgani tufayli, Rossiya hududida sotish, tashib o‘tish ta’qiqlangan.
O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya JKning 30, moddasining 3 qismi, 238 modddasining 2 qismiga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. (Bir guruh shaxslar tomonidan aholi sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi mahsulot tashib o‘tkazishga urinish)
Ushbu noqonuniy faoliyati uchun jinoyatchiga 1-yil qamoq jazosi, va 100 ming rubl jarima solindi. Undan tashqari jinoyatchi, aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi mahsulotni aniqlash, va yo‘q qilish bo‘yicha 250 ming rubl davlat xarajatlarini qoplashi kerak bo‘ladi.