Mehribonlik uy tarbiyalanuvchilari "Ti super!" tanlovi ishtirokchilariga omad tilashdi

Toshkentdagi mehribonlik uy tarbiyalanuvchilari Bobur va Sevinchga tanlovda g‘alablar tilashdi.
Sputnik

"Sevinch va Bobur, sizlarga baxt va sog‘lik tilaymiz, har doim yaxshi kayfiyatda bo‘linglar, biz sizlarga ishonamiz", — degan tilaklarni bildirishdi 22 — sonli mehribonlik uy tarbiyalanuvchilari.

"Ti super!" vokal tanlovining ikkinchi bosqichida O‘zbekistondan ikki nafar ishtirokchi — Bobur Majitov va Sevinch Xodiyeva qatnashmoqda.

Shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Ti super!" tanlovi translyatsiyasini Sputnikda tomosha qiling, unda Sevinch Xodiyeva chiqish qiladi.

"Ti super" xalqaro tanlovning asosiy maqsadlardan biri bu bolalar o‘z mahoratlarini katta sahnada namoyon qilishdir.

Tanlovning ikkinchi mavsumida Rossiya, Belarus, Moldova, Estoniya, Latviya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Armeniya, Ozarbayjon, Janubiy Osetiya, Germaniyadan jami 82 bola ishtirok etmoqda.