Qozog‘istondagi avtohalokatning yettinchi qurboni shaxsi aniqlandi

Kuni kecha, 1-mart kuni Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati, Mang‘iston tumanining hududidan o‘tuvchi "Oqtov – Beynov" avtoyo‘lida "Shacman" yuk mashinasi va "Lada Largus" yengil avtomobili bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Qozog‘istonda sodir bo‘lgan avtohalokatda halok bo‘lgan fuqarolar shaxsi aniqlanganligi va ularning 7 nafari ham O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ma’lum qildi.

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan mudhish avtohalokat joyidan dastlabki video paydo bo‘ldi

Quyida ularning shaxsini qo‘shimcha kiritgan holda, takroran ma’lum qilamiz:

1. Allayarov Rasulbek Qo‘ziboyevich — 23.02.1981 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, Gulchi ko‘chasi, 19-uyda istiqomat qilgan (haydovchi).

2. Dushamov Zokir Quronboyevich — 11.04.1977 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, «Chukli» QFYda istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

3. Rahimov Sherzod Saparboyevich — 12.07.1980 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, «Guliston» shaharchasida istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

4. Beknazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li — 27.10.1995 y.t., Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani "Nayman" QFYda istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

5. Madaminov G‘ayrat Ro‘zmatovich — 13.10.1985 y.t., Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Gurlan shaharchasi, Maxtumquli ko‘chasi, 34-uyda istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

6. Boltayev Mahmudjon Soburjon o‘g‘li — 21.09.1995 y.t., Xorazm viloyati, Yangiariq tumani «Ostona» QFYda istiqomat qilgan (yo‘lovchi).

7. Masharipov Sanjar Turdiyevich — 20.06.1991 y.t., Xorazm viloyati, Yangiariq tumani "Ostona" QFYda istiqomat qilgan (yo‘lovchi)

Ayni paytda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchiligi mas’ullari voqea joyida bo‘lib, halok bo‘lganlarni O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rmoqda.