Qozog‘istonda sodir bo‘lgan mudhish avtohalokat joyidan dastlabki video paydo bo‘ldi

Qozog‘istonning Mangistaus viloyatida yuz bergan YTHda yetti kishi, shu jumladan O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi halok bo‘ldi.
Sputnik

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1-mart kuni tong sahar 06.00 (4.00 msk) Qozog‘istonning Mangistau viloyati Manigistau tumani Shepte qishlog‘idan o‘tuvchi "Aktau-Beyneu" avtomobil yo‘lida LADA Largus avtomobili va Shacman yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Avariyada halok bo‘lganlar Xorazm viloyatidan ekanligi ma’lum qilingan.