Bosh prokuratura Mira’lam Mirzayev ushlanganligi haqidagi xabarga raddiya berdi

Bosh prokuratura Toshkent shahar prokuroring sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va uning a’zolari ushlanganligiga to‘g‘risida xabarga raddiya e’lon qildi
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Bosh prokuratura Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va uning oila a’zolari ushlanganligini rad etdi.

"Internet tarmog‘ida O‘zbekiston sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va uning oila a’zolari ushlanganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan. Bosh prokuratura ushbu ma’lumot haqiqatga muvofiq emasligini ma’lum qiladi.", — deyilgan Bosh prokuratura xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilayotgan jinoyat ishi doirasida R.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.