Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ish boshladi

Uning konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasining Shimoliy-g‘arbiy federal okrugi kiradi
Sputnik

TOShKENT, 2-mart – Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, uning konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasining Shimoliy-g‘arbiy federal okrugi kiradi.

Bosh konsulxona Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeysk ko‘chasi, 4A uyda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 22-23 fevral kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiyaga tashrifi chog‘ida mamlakatning bir nechta federal okrugida O‘zbekistonning bosh konsulliklari ta’sis etilganligini ma’lum qilgandi.