Yo‘l qurilishi va ta’miri uchun yuzdan ziyod yangi yo‘l texnikalari xarid qilindi

2017-2018 yillar mobaynida 223 dona yangi – yo‘l ta’miri va qurilishida ishlatiladigan texnikalarni xarid qilish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi
Sputnik

TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Yo‘l qurilishi va ta’mirida ishlatiladigan yuzdan ortiq texnikalar xarid qilindi, deb xabar berdi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

"Zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llaridagi qurilish va ta’mirlash ishlaridagi o‘sib borayotgan talab – joriy quvvatlarni oshirish hamda qo‘mita tarkibidagi korxona va tashkilotlar moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash masalalarini – yagona texnologik talablar asosida, kompleks hal etilishini taqozo etardi", — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 2017-2018 yillar mobaynida 223 dona yangi – yo‘l ta’miri va qurilishida ishlatiladigan texnikalarni xarid qilish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

1 / 5
Priobreteni bolee 100 yedinis novoy dorojnoy texniki
2 / 5
Priobreteni bolee 100 yedinis novoy dorojnoy texniki
3 / 5
Priobreteni bolee 100 yedinis novoy dorojnoy texniki
4 / 5
Priobreteni bolee 100 yedinis novoy dorojnoy texniki
5 / 5
Priobreteni bolee 100 yedinis novoy dorojnoy texniki

Bugungi kunda yo‘l qurilishi va ta’mirida ishlatiladigan 100 dan ortiq texnikalar xarid qilindi. Texnikalar Xitoyning – O‘zbekistondagi "UzXCMG" qo‘shma korxonasi hammuassisi hisoblangan – "Xuzhou Construction Machinery Group Co Ltd." kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilinmoqda. Bu respublikadagi yo‘l xo‘jaligi korxonalari tomonidan foydalaniladigan texnikalarning ta’mirida yuzaga keladigan ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkonini ham beradi.

Mazkur texnikalar Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibidagi "Avtoyo‘lta’minot" unitar korxonasi tomonidan olib kelinib, respublikadagi yangi tashkil etilgan, yo‘l qurilishiga ixtisoslashtirilgan korxonalarga tarqatilmoqda. 2018-yilning 1-yarmi davomida yana shuncha texnika olib kelinadi.