TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Xotin-qizlarning chet elga ishga ketishi oila buzilishida asosiy omillardan biri bo‘lmoqda, deb ta’kidladi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi B.Norov Samarqandda o‘tkazilgan O‘zbekiston prezidentining "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Fafurova ayni vaqtda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 19 ming 148 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirilgani va ularning oilaviy sharoiti, ijtimoiy ahvoli o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
G‘ofurovaga ko‘ra, mavjud 4 ta sektor kesimida ijtimoiy sharoiti og‘ir 678 nafar xotin-qizga manzilli yordam berish va ularni ish bilan ta’minlash, hunarmandchilikka, tadbirkorlikka jalb etish choralari ko‘rilmoqda.
Yig‘ilishda shuningdek, shahar ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura vakillari tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning sabablari tahlil qilingan.