Toshkentda shifokor-anesteziolog 3,5 yilga qamaldi

Toshkent Tibbiyot akademiyasining 2-chi klinik shifoxonasida 16 yoshli bemorning vafotidan so‘ng, shifokor-anesteziolog 3,5 yilga qamaldi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Toshkent shahar Olmazor tumani jinoiy ishlar bo‘yicha sudi 27-fevral kuni Toshkent Tibbiyot akademiyasi anesteziologi Sherzod Tursunovni 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi, deb xabar qilmoqda uznews.uz nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2017-yilning 15-sentabr kuni Begzod To‘raxujayev “o‘tkir apenditsit” diagnozi bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga olib kelinadi. Uch soat davom etgan operatsiyadan so‘ng  shifokorlar bemorning o‘limi haqida  xabar berishadi.

Keyin bo‘lib o‘tgan tekshiruvlar natijasida bemor organizmga kiritilgan narkoz preparatiga nisbatan allergik reaksiya oqibatida vafot etgani aniqlanadi. Undan tashqari shifokor yetarli miqdorda sun’iy kislorod zahirasini ham tayyorlamagani ma’lum bo‘ladi.

“To‘raxo‘jayev Bekzodning o‘limi medikamentoz anafilaktik reaksiya tufayli kelib chiqqan bronxospazm va asfiksiya (bo‘g‘ilish) oqibatida yuz bergan”, — deyilgan 2017-yilning 5-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan klinik-anatomik komissiya xulosasida.

Ushbu voqeadan keyin O‘zbekiston JKning 116 moddasi 3 bo‘limi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

27 fevral kuni sudning yakuniy hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, Sherzod Tursunov 3-yil 6 oy muddatga qamoq jazosiga mahkum qilindi. Undan tashqari Tursunov ikki yil davomida tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish ta’qiqlanadi.