O‘zbekiston havo yo‘llari ichki yo‘nalishlarga chegirma e’lon qildi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Milliy aviakompaniya ichki yo‘nalishlarga 30%dan 50%gacha chegirma e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha ichki yo‘nalishlarga chegirma e’lon qildi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Ichki yo‘nalishlarda e’lon qilingan chegirmalar:  

  • 30% — individual yo‘lovchilar uchun;
  • 40% — 5 kishidan ortiq turistik guruhlar uchun  
  • 40% — 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, maktab, kollej va litsey o‘quvchilari va universitet talabalari uchun;
  • 50% — ikki yoki undan ko‘p kishidan iborat oila a’zolari uchun. Shuningdek 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni kuzatib borayotgan ota-onalar uchun.

 

Ushbu chegirmalar 2018-yilning 18, 19, 20, 21 va 22-mart kunlari amalga oshiriladigan barcha ichki qatnovlarda amal qiladi.