Uzbek Tigers ertaga kolumbiyalik bokschilarga qarshi ringga chiqadi

Kecha Kubaning "Cuba Domadores" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan janglarda o‘zbekistonlik bokschilar 4:1 hisobida g‘alaba qozondilar
Sputnik

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Ertaga 1-mart kuni o‘zbekistonlik bokschilar Kolumbiyaning "Colombia Heroicos" jamoasi a’zolariga qarshi ringga chiqadi.
Janglar "Universal" sport majmuasida soat 19:00da boshlanadi.

Ringda quyidagi juftliklar kurash olib borishadi:

Xudoynazar Fayzov — Keyber Avila (52 kg), Shunqor Abdurasulov — Duvan Zuleta (60 kg), Mahmud G‘oipov — Aleksander Rangel (69 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev — Diyego Motoa (81 kg), Bahodir Jalolov — Kristian Salsedo (91 kg).

Kecha Kubaning "Cuba Domadores" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan janglarda o‘zbekistonlik bokschilar 4:1 hisobida g‘alaba qozondilar.

Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Isroil Madrimov, Sanjar Tursunovlar raqiblari ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va faqatgina Iqboljon Xoldorov raqibiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.