Yangi format: O‘zbekiston Sharqiy Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni kengaytiradi

"V4 + Markaziy Osiyo" vazirlar forumida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z iqtisodiy, intelektual va ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda "Vishegrad guruhi" davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va samarali aloqalarni kengaytirish tarafdori ekanligini ta’kidlagan
Sputnik

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Budapesht shahrida "Vishegrad guruhi" va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti o‘tkaziladi, YeI buni olqishladi
"Vishegrad guruhi"da Vengriya raisligi doirasida taklif etilgan "V4 + Markaziy Osiyo" vazirlar forumida Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston delegatsiyalari turli sohalardagi ikki tomonlama va mintaqalararo hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatning mavjud iqtisodiy, intelektual va ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda "Vishegrad guruhi" davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va samarali aloqalarni kengaytirish tarafdori ekanligini bildirgan.

Uchrashuv ishtirokchilari mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish va chuqur o‘zgarishlar olib borish, xorijiy sheriklar bilan, avvalo Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash, ko‘p yillik Afg‘oniston muammosi nuqtayi nazaridan mintaqada xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan siyosiy kun tartibning asosiy qismlari bilan  tanishtirilgan.

Forumda delegatsiyalar tomonidan mintaqalararo hamkorlikning yangi formati umumiy shaklda qo‘llab-quvvatlandi.

Shu kunning o‘zida vazirlar forumida ishtirok etgan delegatsiyalar rahbarlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan qabul qilindi.