Qozog‘istonda avariyaga uchragan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi - elchixona

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Rossiyaga yo‘l olgan avtobus katta trassada ag‘anashi oqibatida 7 nafar o‘zbekistonlik jabrlangan edi. Fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar qildi Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasi
Sputnik

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi va Qozog‘istondagi mutasaddi organlar bilan hamkorlikda 2018-yil 26-fevralga o‘tar kechasi Aqto‘be viloyatidagi YTHda jabrlangan o‘zbekistonliklarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tadbirlar tashkillashtirildi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

Mehnat migrantlari Rossiyaga borish uchun nega avtobusni tanlashadi?
"Ayni vaqtda 25 nafar o‘zbek fuqarolariga — avariyaga uchragan avtobus yo‘lovchilariga vatanga qaytish bo‘yicha ko‘mak berildi, yana 7 nafar jabrlanganlar Xromtau shahridagi markaziy tuman kasalxonasidan chiqarildi, ularning sog‘lig‘i qoniqarli deya baholanmoqda", — deyilgan xabarda.

Ilgariroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus ag‘anashi oqibatida O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosi jarohatlangani haqida xabar bergan edik. YTH Samara-Shimkent trassasida yuz bergan. Janubiy-Qozog‘istondan bo‘lgan 35 yashar haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Mercedes avtobusi yo‘ldan chiqib ketgan va so‘ngra ag‘darilgan.