General-polkovnik Zokirjon Almatov yana Ichki ishlar vazirligiga qaytdi

Bugun O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov buyruq bilan shaxsiy tarkibni tanishtirdi
Sputnik

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Ishchi ishlar vazirining maslahatchisi lavozimiga Zokirjon Almatov tayinlandi, deb xabar qildi ushbu IIV matbuot xizmati.

IIV: Jamshid Sultonov o‘z vazifasida xizmatini davom ettirayapti

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidentining qarori bilan ichki ishlar organlarida yosh kadrlar salohiyatini oshirish tizimini yaratish, ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish uchun hurmat va obro‘ga ega bo‘lgan xodimlarning ichki ishlar organlaridagi boy amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimi kiritildi.

Ushbu lavozimga O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan hayotiy boy tajribaga ega, ko‘p yillar davomida respublikada jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga katta hissa qo‘shgan Zokirjon Almatov tayinlandi.

Bugun O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov buyruq bilan shaxsiy tarkibni tanishtirdi.

Eslatib o‘tamiz, general-polkovnik Zokirjon Almatov 1991-2005 yillarda Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab, bir qancha xodimlarga ustozlik qilib, nafaqaga kuzatilgan edi.