Parijda amaldorlar boshpanasizlar bilan ko‘chada uxlaydi

O‘tgan yili 500ga yaqin boshpanasiz kishi ko‘chada vafot etgan
Sputnik

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Fransiyaning poytaxt ma’muriyatida ishlaydigan 50ga yaqin amaldor sovuq havoga qaramasdan ko‘chada uxlaydi.

Eson departamentidagi Etamp kommunasi merining o‘rinbosari Mama Si ana shunday tashabbus bilan chiqdi.

"O‘tgan yili 500ga yaqin boshpanasiz kishi ko‘chada vafot etdi… 2018-yilda atigi bir yarim oy ichida birgina Parijda 13 kishi o‘ldi. Chorshanba, 28-fevral kuni 50ga yaqin xalq noiblari Austerlis vokzali oldida ko‘chada uxlaydi", — deb yozdi Si ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Fevral o‘rtalarida Fransiya poytaxtida boshpanasiz kishilar sonini aniqlash maqsadida "Birdamlik tuni" o‘tkazildi. Aksiya tashkilotchilarining ma’lumotiga ko‘ra, Parij ko‘chalarida besh mingga yaqin boshpanasiz kishilar yashaydi, ularning bir qismi qish kunlarida muruvat uylariga joylashtirilgan. Uch mingga yaqin kishining hattoki vaqtinchalik ham boshpanasi yo‘q.

Aksiya o‘tkazilishiga hududiy birlik vazirligi davlat kotibi Julyen Denormandining butun Il-de-Frans hududida boshpanasizlar soni 50 nafardan oshmasligi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi. Keyinroq kotib muruvvat uylarida joy yetmaganlar soni haqida gapirganini bildirdi.