TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Markaziy bank 27-fevraldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan —11,09 so‘mga tushdi va 8171,64 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 97,94 so‘mga tushib, 10060,92 so‘mga yetdi.
Rossiya rubli esa 79 tiyinga qimmatlab, 145,89 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.