Toshkentdagi Huvaydo jome masjidi ta’mirdan so‘ng qayta ochildi

Toshkentning Shayxontoxur tumanida “Huvaydo” jome masjidining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev — Sputnik.Toshkentning Shayxontoxur tumanida Huvaydo ikkinchi tor ko‘chasida “Huvaydo” jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Musulmonlar idorasining masjidlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Raximberdi Raxmonov ishtirok etdi, deyilgan xabarda.

V Shayxantaxurskom rayone Tashkenta sostoyalos otkritie otremontirovannoy sobornoy mecheti "Xuvaydo"

Xozirgi “Huvaydo” jome masjidi 1930-yildan buyon ishlatilmagan, aholi yashovchi turar joylar orasida qolib ketgan, eski qabriston o‘rnida barpo qilingan bo‘lib u 0,8 gektar maydonni egallagan. Masjid homiylar va hasharchilar ko‘magida qurilgan. Masjidga  1701-1780 yillarda Farg‘ona vodiysining Chim yon qishlog‘ida yashab ijod etgan  tasavvufiy shoir, mutafakkir, mudarris – Huvaydo nomi berilgan.

V Shayxantaxurskom rayone Tashkenta sostoyalos otkritie otremontirovannoy sobornoy mecheti "Xuvaydo"