Chimonda ko‘chki xavfi e’lon qilindi

Avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning "tezkor raqam"iga raqamiga murojaat etish so‘ralmoqda
Sputnik

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. "Chimon" hududida 25-fevral soat 8:00 dan 26-fevral soat 8:00 gacha ko‘chki xavfi e’lon qilindi.

"Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va "Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz", — deyiladi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabarida.

Avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "tezkor raqam"iga raqamiga murojaat etish so‘ralmoqda.