Prezident tashabbusi: O‘zbekistonda qishloqlarni obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi

"Obod qishloq" loyihasi qishloqlardagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. U mamlakat tarixida birinchi bor amalga oshirilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 25 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonning chekka hududlari va qishloqlarida obodonchilik ishlariga etibor berish va hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida "Obod qishloq" loyihasi ishga tushirildi. Ushbu loyiha mamlakat prezidenti tashabbusi hisoblanadi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Xalq bilan muloqot" guruhida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, dastlab Respublika ishchi guruhi joylardagi real vaziyatlarni o‘rganib chiqishgan. 

V Uzbekistane startoval proyekt "Blaguostroyenniy poselok"

Loyihaning birinchi bosqichida qishloq joylarda amaldagi qonunchilik bilan belgilangan qurilish normalari va sanitariya talablariga javob bermaydigan, ta’mirtalab uylarda yashovchi oilalar ro‘yxati shakllantiriladi.

Keyingi bosqichda jamoatchilik va faol yoshlarni keng jalb etgan holda manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda abgor ahvolda bo‘lgan uylarni ta’mirlash va obodonlashtirish, shu jumladan, uzoq va chekka hududlardagi qishloqlar qiyofasini o‘zgartirish maqsadida hasharlar tashkil etiladi.

Dastlabki manzil — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanining "Manas" qishlog‘i bo‘ldi.

Ayni qish kunlari, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan pallalarda qishloq ko‘chalari loyga botib, fuqarolar va transport harakatiga halaqit qilishi tabiiy. Shu bois ham, bu borada "Manas" qishlog‘ida bir nechta tadbirlar amalga oshirildi. Qishlok ko‘chalari tozalanib, yon taraflari betonlanib ariqlar yotqizildi.

V Uzbekistane startoval proyekt "Blaguostroyenniy poselok"

Bundan tashqari, qishloq ahli uchun ikki mashina — 9,5 tonna ko‘mir yetkazib berildi.

Mutasaddilar qo‘shimchasiga yana ko‘mir keltirilishini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, "Manas" qishlog‘idagi 4 ta maktabda Oliy ta’lim muassasalarga kirish istagida bo‘lgan uyushmagan yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etildi. Mazkur o‘quv kurslari 12 ta fan bo‘yicha tashkil etildi. Endi qishloq yoshlari o‘zbek, rus, ingliz tillari, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlar bo‘yicha kirish imtixonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.