IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

U Sultonov Jamshid Hosilovich o‘rniga tayinlangan
Sputnik

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinladi. Bu haqda UzNews.uz huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, polkovnik Odilov Bahrombek Qahramonovich ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

U ushbu lavozimda Sultonov Jamshid Hosilovich o‘rnini egallagan.