TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni Bosh prokurorning yangi o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi, deb xabar qildi respublika hukumati portali.
Jumladan, Erkabay Aminovich Tadjiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Murodjon Azimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgandi.