"O‘zbektelekom" Rossiyaning Ivi kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi

O‘zbekiston milliy operatori Rossiyaning eng yirik onlayn-kinoteatri bo‘lgan Ivy kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish arafasida.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. "O‘zbektelekom" Rossiyaning eng yirik onlayn-kinoteatri bo‘lgan Ivy kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda Ivi Warner Brothers, Paramount Pictures, Fox, Sony Pictures, NBC Universal, Disney, BBC, Mosfilm, Bazelevs, Sentral Partnership kabi ko‘plab Rossiya va xalqaro kontent yaratuvchilari  mahsulotini onlayn namoyish qilish huquqiga egadir.

“Biz Rossiya bozorining yetakchisi bo‘lgan Ivi va boshqa xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Yaqin bir necha oy, uzog‘i bilan yarim yil ichida ijtimoiy tariflarni ishga tushiramiz. Ular nafaqat Internetga kirish balkim IPTV va xorijiy kompaniyalar kontentiga to‘lov orqali ulanish imkonini beradigan bo‘ladi”, — dedi Sputnik muxbiriga kompaniyaning  marketing  va savdo bo‘yicha direktori Yevgeniy Vishnevskiy.

Vishnevskiy aytishiga qaraganda, xorijiy kontent yaratuvchilar nafaqat O‘zbekiston bozoriga o‘z mahsulotlarini olib chiqish, balkim bu yerda mustahkam o‘rnashib olishni ham ko‘zda tutgan. Ular xorijda ommaviy bo‘lgan kontentni o‘zbek tiliga tarjima qilishni rejalashtirishgan.

Milliy TVni dunyoning istalgan nuqtasidan tomosha qilish mumkin

“Undan tashqari xorijiy kompaniyalar mahalliy kino studiyalar bilan ularning mahsulotlarini o‘zlarining sahifalarida joylashtirish borasida hamkorlik qilishni rejalashtirishgan”, — dedi kompaniya vakili.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbektelekom” oxirgi yetti yil daovmida mamlakatda IRTV xizmatini joriy qilish bilan band. IRTV – zamonaviy televidenie standarti bo‘lib, u qiziqarli ko‘rsatuvlarni istalgan vaqtda tomosha qilish, to‘xtatib qo‘yib keyin davom ettirish va yozib olish kabi imkoniyatlar beradi.