Kamilov Moskvada Lavrov bilan qator dolzarb masalalarni muhokama qiladi

Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik muammosi va Afg‘oniston tevaragidagi vaziyatga alohida e’tibor qaratiladi
Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi bo‘yicha kompleks ishlar doirasida 22-23 fevral kunlari ishchi tashrif bilan Moskvada bo‘ladi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kamilovning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralari chog‘ida xalqaro vaziyat va Rossiya-O‘zbekiston tashqi siyosiy hamkorligining dolzarb masalalarning keng doirasi bo‘yicha fikr almashiladi.

Xabarda qayd etilishicha, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik muammosi va Afg‘oniston tevaragidagi vaziyatga alohida e’tibor qaratiladi.

Tashrif doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolanishi rejalashtirilgan.