Ikramov: O‘zbekistonda investitsiyalar uchun to‘siqlar yo‘q qilingan

"O‘zbekistonga mablag‘ kiritgan har qanday tadbirkor o‘z profitini olishi mumkin", - deb ta’kidlamoqda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov
Sputnik

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy jihatdan hukumat strukturasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi, bu esa o‘z navbatida mamlakatga investitsiya kiritish jarayonini soddalashtirdi, dedi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov.

O‘zbekiston nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy tomondan ham ochila boshladi - Kuzmina

"Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi tuzilgan bo‘lib, uning vakolatxonasi mamlakatning har bir tumanida mavjud", — deya izohladi Ikramov.

Ikramovning tushuntirishicha, bunda shuningdek, milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi haqidagi qaror ham muhim rol o‘ynadi.

"O‘zbekistonga mablag‘ kiritgan har qanday tadbirkor o‘z profitini olishi mumkin", — qo‘shimcha qildi u.

Umuman olganda, davlat apparatining qayta qurilishi jarayoni va qator qarorlar shunga olib keldiki, O‘zbekistondagi investitsiyalarga oid to‘siqlar olib tashlandi.