Sud Ahmadboyning sheriklariga jazo tayinladi

Ularning barchasi jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi
Sputnik

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida moliyaviy piramida asoschisi Ahmadjon Tursunboyevning jinoiy sheriklariga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar qilmoqda.

Olmos Qo‘chqorovga 1-yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va 52 mln 96 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qo‘llanilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismga qisqartirildi.

Ahmadboyga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

Izzatilla Ibragimov va Murodjon Tursunboyevlarning har biriga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi va 45 mln 584 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Ularga amnistiya qo‘llanilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismga qisqartirildi.

Rashid Ismoilovga 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi va 52 mln 96 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qo‘llanilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati uchdan bir qismga qisqartirildi.

Oybek Tursunboyev va Aziz Turdiyevlarning har biriga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi va 45 mln 584 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Ularga amnistiya qo‘llanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati uchdan bir qismga qisqartirildi.

Ularning barchasi jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.