O‘zbekistonlik 10 yoshli yakkakurashchi qozog‘istonlik hamoshini jangga taklif qildi

Biroz oldin qozog‘istonlik Abay Tajibay ismli kikbokschi Ramzan Qodirovning o‘g‘illarini jangga taklif qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev — Sputnik.O‘zbekistonlik tay-bokschi Xumoyun Xakimjonov qozog‘istonlik hamoshini jangga taklif qildi. Bu haqida Xumoyun ishtirokida yozib olingan videolavha Instagramda tarqaldi.

Videolavhada o‘zbekistonlik yosh sportchi qozig‘istonlik Abay Tajibayni jangga taklif qilib, uning ustidan g‘alaba qozonishiga ishonch bildirgan.

Biroz oldin, kikboksing bo‘yicha Ostona chempioni 10 yoshli Abay Tajibay Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘illaridan MMA professional belbog‘ini yutib olishi mumkinligini aytib, ularni jangga taklif qilgan edi.

Shundan so‘ng Qodirovning o‘g‘illari Abayga quyidagi javobni yo‘llagan edi:

“Abay, biz sening qanday jangchi ekanligingni bilmaymiz, lekin sen shug‘ullanayotgan fitnes-klub menedjeri usta ekan – u sizlarni klubni yaxshi reklama qildi. Sen haqiqiy erkaksan, shunday bo‘lib qolaver. Nasib qilsa oktagonda uchrashamiz, hayotda esa aka-uka bo‘lamiz. Bizning respublikaga kel, biz do‘stlarga doim xursandmiz”, — dedi Ahmad Qodirov.

Adam Qodirov esa qozog‘istonlik bolakayni birga mashg‘ulot o‘tkazishga taklif qildi.

“Abay sen Qozog‘istonlik bo‘lsang ham bizning chiqishlarimizni kuzatib borayotganingdan xursandmiz. Qozog‘istonliklar bizga doimo aka-uka bo‘lishgan. Seni taklifing borasida esa, birinchidan biz turli vazn toifasidamiz, ikkinchidan, sen aralash yakkakurash bo‘yicha bororta ham jang o‘tkazmagansan. Bizning klubga kel. Mashg‘ulot va sparring o‘tkazamiz. Do‘st bo‘lamiz”, — dedi Adam Qodirov.