MDHning 6 mamlakati maxsus xizmatlari aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi

Ushbu harbiy-politsiya mashg‘ulotlari O‘rta Osiyoda xalqaro terrorchilikka qarshi qalqon vazifasini bajaradi.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Ushbu yilning avgust — sentabr oylarida MDHning 6 mamlakatida maxsus xizmatlar birgalikda  aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqida MDH Aksilterror markazi rahbari politsiya general-polkovnigi Andrey Novikov RIA Novostiga xabar berdi.   

"O‘quv-mashg‘ulotlari ushbu yilning avgust-sentabr oylarida olti mamlakat hududida ikki bosqichda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarning yakuniy qismi Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi", — dedi Novikov.  

Novikov aytishiga qaraganda, Aksilterror markazi harbiy-politsiya mashg‘ulotlari ikki yildan beri olib borilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar O‘rta Osiyoda xalqaro terrorchilikka qarshi qalqon vazifasini bajaradi.