O‘zbekistonda masjidlar va qabristonlar rekonstruksiya qilinadi

Masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Urganchda O‘zbekistondagi eng katta masjidlardan biri qurilishi yakuniga yetmoqda

Qarorga asosan qabristonlar joylashgan hududlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni xotirlash) o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus joylar tashkil etiladi.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun mahalliy budjetlariga 3 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Rekonstruksiya qilish va ta’mirlash talab etiladigan eski masjidlar ro‘yxati shakllantiriladi hamda ular O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi hamda homiylar hisobidan 2018-2019 yillar davomida rekonstruksiya qilinadi va ta’mirlanadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga ehtirom ko‘rsatilmoqda

Shuningdek, yoshlarni yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tuyg‘ularini tegishli fanlar mashg‘ulotlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish orqali shakllantirilishi belgilandi.

Qarorda belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish, bajarilgan ishlarni nazorat qilish va hisobotlarni taqdim etishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.