O‘zbekiston va Germaniya banklari 100 million yevrolik shartnoma imzolashdi

Hujjat imzolash marosimi Frankfurt Maynda bo‘lib o‘tdi. Hujjat O‘zbekistonning Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Germaniyaning "AKA Bank" o‘rtasida 100 million yevro teng bo‘lgan kredit shartnomasi imzolandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston qanday qilib Janubiy Koreyaning muhim hamkoriga aylandi

Ushbu shartnomada Germaniya va Yevropa ittifoqining boshqa davlatlaridan tovarlarni va xizmatlar importini o‘z ichiga olgan investitsiya loyihalarini, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun Milliy bankga kredit chizig‘ini ajratishini ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston bank idorasida ta’kidlab o‘tganidek, Germaniya banki bilan shartnoma imzolanishi — bu O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 2017-yil noyabr oyida Germaniyaga amalga oshirilgan tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy ifodasidir.

Undan avval O‘zbekiston Milliy banki Germaniyaning yetakchi banklar bilan umumiy qiymati 950 million yevro, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi bo‘yicha 100 million dollar, Rossiya "Gazprombank" tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 153 million dollar, shuningdek Turkiya Türk Eximbank tomonidan 44 million dollar ajratish bo‘yicha kelishuv imzolangandi.