Harbiy xizmatchilar Inha universitetida malaka oshirmoqda

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan harbiy xizmatchilarga maxsus sertifikatlar berilishi ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi bir guruh ofitser va serjantlar Toshkentda Inha universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim va malakalarini oshirmoqda, deb xabar qilmoqda Daryo.uz nashri O‘zbekiston  Mudofaa vazirligiga asosan.

“Inha universitetining yetuk mutaxassislari tomonidan maxsus darslar o‘tilmoqda. Har bir mashg‘ulotni qunt va qiziqish bilan o‘zlashtirmoqdamiz. Ushbu innovatsion bilim va ko‘nikmalar kelgusida nafaqat harbiy xizmat jarayonida balki, hayotning har bir jabhasida qo‘l kelishi shak-shubhasiz”, —  deydi kapitan Lutfullo Murodov.

O‘quv muddati ikki hafta bo‘lgan ushbu o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida ikki haftalik o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan harbiy xizmatchilarga maxsus sertifikatlar berilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi.