O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir yil ichida 2 milliard dollarga ko‘paydi

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik.Markaziy bank 2018-yil 1-fevral holatiga bo‘lgan O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarini miqdorini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda valyuta kurslari yangilandi: dollar va yevro yana ko‘tarildi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2018-yil 1-fevral holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 28 774,6 milliard AQSh dollari (2017 yil 1-yanvar holatiga 26 428,8 milliard AQSh dollari), (xalqaro valyutadagi aktivlar — 14 775,9 milliard AQSh dollari, monetar oltin — 13 998,7 milliard AQSh dollari), sof oltin-valyuta zaxiralari — 27 250,1 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.