OAV Alisher Usmonov Mirziyoyev maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar topdi

Alisher Ataxanovich Usmonov O‘zbekiston prezidentining maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Alisher Usmonov Prezident maslahatchisining o‘rinbosari bo‘ldi, deb xabar qildi "Xabar" uz axborot-tahliliy portali o‘z manbasiga tayangan holda.

Alisher Usmonovning "Qadimiy Buxoro" loyihasida ishtirokiga doir ma’lumotlar oshkor bo‘ldi
"O‘zbekiston Prezidentining Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi raisi Alisher Usmonov Prezident maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 1964-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Kosonsoy tuman sudining raisi, Mingbuloq tumani prokurori va boshqa lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017 yil noyabr oyida Prezidentning Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi raisi lavozimiga tayinlangan.