TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Pxenchxanda bo‘lib o‘tayotgan qishgi olimpiadada noravirus bilan kasallanganlar soni oshmoqda, deb xabar qildi 2018-yilgi Qishgi Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi vakili Sun Baik Yu RIA Novostiga.
“Olimpiadada norovirus bilan kasallanganlar soni 275 kishiga yetdi. Kasallanganlardan 225 nafari tuzalib ketgan, 53 kishi esa karantinda”, — dedi Sun Baik Yu.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, noravirus asosan Olimpiada tashkilotchilari va ko‘ngillilar orasida tarqalgan.Sportchilar orasida faqat 2 nafar Shveysariyalik atletlarga noravirus yuqqan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Pxenchan shahrida qishgi Olimpiada o‘yinlari 9-fevraldan 25-fevralga qadar bo‘lib o‘tmoqda.
Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga bir necha kun qolganda sport majmualari qo‘rishlash xizmati xodimlari orasida ushbu kasallik tarqalgani haqida xabar qilingan edi. Ushbu kutilmagan vaziyat tufayli 1200 qo‘riqlash xodimlari 900 nafar askarlar bilan almashtirilgan edi.