Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimini tark etdi

Markaziy bankning moliyaviy monitoring, kadrlar bilan ishlash va xavfsizlik bo‘limlari faoliyatini 21-yil davomida boshqarib kelgan rahbar lavozimidan ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida 1997-yildan buyon ishlab kelayotgan  Alisher Akmalov o‘z lavozimini tark etdi, Uznews.uz xabariga asosan.

“Markaziy bankda Akmalov Kredit tashkilotlarida moliyaviy monitoring, Kadrlar bilan ishlash, Xavfsizlik va axborot himoyasi departamentlari hamda Birinchi bo‘lim faoliyatini boshqarib kelgan”, — deyilgan xabarda.    

Shuningdek Alisher Akmalov O‘zbekiston prezidenti huxuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi va boshqa oliy o‘quv maskanlari bilan hamkorlik masalalarini boshqarib kelgan.  

Eslatib o‘tamiz, Alisher Akmalov 2017-yildan buyon O‘zbekiston Dzudo federatsiyasini ham boshqarib kelgan.