Mirziyoyev harbiy qismdagi xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Qurolli kuchlari MDH davlatlari orasida eng qudratli armiyalardan biri sifatida tan olib kelinadi
Sputnik

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi harbiy qismni borib ko‘rdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, harbiy qismda mudofaa tizimidagi islohotlarning borishi, Buxoro harbiy ma’muriy sektori faoliyati haqida axborot berildi.
Xalq bilan armiya, mudofaa boshqarmalari bilan hokimlik bir bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyov. Harbiylar yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi zarur.

O‘zbekiston armiyasi uchun Qozog‘istondan tunda ko‘rish qurilmalari xarid qilindi

Prezident harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Askar va ofitserlar bilan suhbatlashdi.

O‘zbekistonning yangi Mudofaa doktrinasiga muvofiq tizimdagi birlashma va tuzilmalarning vazifalari takomillashtirildi. Qo‘shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari ta’minlanishi yangi bosqichga ko‘tarildi. Harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga talablar oshirildi.

Dunyoning yetakchi xalqaro tashkilotlari tomonidan muntazam ravishda chop etilayotgan hisobotlarda O‘zbekiston Qurolli kuchlari MDH davlatlari orasida eng qudratli armiyalardan biri sifatida tan olib kelinadi sifatida tan olib kelinadi.

Xususan, Global Firepower ekspertlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi ro‘yxatiga kiritilgan va respublika Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiyaga ega davlat deb e’tirof etilgan.