TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiyalik kosmonavt Anton Shkaplerov o‘zining Instagram sahifasida Orol dengizining yer orbitasida turib olingan suratini namoyish etdi.
Suratda bir paytlar kattaligi bois dengiz nomini olgan ko‘lning deyarli butkul qurib qolgani ko‘rinib turadi.
"Orol dengizi — Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan oqmas sho‘r ko‘l. U 1960-yillargacha kattaligi jihatidan jahonda to‘rtinchi o‘rindagi ko‘l hisoblangan, ammo bugunga kelib dengiz sathi halokatli darajada pasayib ketgan… ", — deb yozgan kosmonavt.
Anton Shkaplerov — rossiyalik sinovchi-kosmonavt, Rossiya Qahramoni. Hozirda u Xalqaro kosmik stansiyada faoliyat olib bormoqda.